Hacker kim va haker bo'lish uchun nima ish qilish kerak?
Hacker so'zi - u odam jinoyatchi bo'ladimi, yoki "yaxshi" mi umumiy so'zdir. Ya'ni kompyuter bilan bemalol "sansirab" gaplashadigan odam. Shunchaki "yomon" hacker va "yaxshi" hacker deyish mumkin. Bunday odam kompyuterni va OS ni arxitekturasi, ishlash prinsiplari bilan tanish, kamida 2 ta tilni biladigan, protokollarni suv qilib ichgan odam bulishi kerak. Terminlar: Friking yoki Fricker - elektronika bo'yicha xakerlik Cracker - bilimini o'g'irlikka sarflovchi, ma'lumotlar o'g'irlash, dasturiy ta'minotlarni buzish bilan shug'ullanadi Byte-coding, Reverse injenering - DT larni ishlash prinsipini asm da o'rganib, algoritmini tiklash, masalan biror progni binary sini olib uni ichini o'rganib, algoritmini yozish (buni boshqatdan o'zgartirish yoki klon qilishda kerak buladi). Xullas Asm bilan shug'ullanadi. Virmaker - viruslar tuzish bilan shug'ullanadi. ScriptKiddies deb odatda tayyor softlardan foydalanib (o'zi uncha mutaxassis emas) biror ishni qiluvchilarni aytiladi. Web/Desktop Programming yoki Coder/WebCoder, Designer, Web/Sys Administrator, Advanced User, User, Lamer - bular kimligi ma'lum.
Prog_tillardan 1-bo'lib Python, keyin taritib bilan C/C , Java, Perl, PHP larni o'rgangan yahshi. Bu dasturlash tillari turli vaziyatlarda turlicha muammolarni yechishga yordam beradi. Keyin albatta HTML ni ham bilish kerak. Qolgani bularni bilgandan keyin unchalik muammo bo'lmasa kerak

Tehnologiýa, Arslanalayew tarapyndan 3 years ago
Teswir ýazmak üçin Içeri gir