Ko'kragimga xanjar urip ko'ringlar,
Tig' botmasa asta-sekin tilinglar,
Neki oqsa diqqat bilan ko'ringlar,
Qizil emas qonim safro bo'ladi,
Oqgan qondan Hazor bahri to'ladi.

Hijronlaring og'usida o'lsam gar,
Vaslingni dep suvsiz guldek sulsam gar,
Tongga yetgan kuhna shamdek sunsam gar,
Ruxim shunda bir oz taskin oladi,
Ustixonim sinsa noming keladi.

Hijronlaring og'usidir qotilim,
Darveshlarning ridosidir bu tilim,
Dil izhorga so'z topolmas bu tilim,
Jonim senga ming bor fido bo'ladi,
Darddan meni ajal judo qiladi.

Ostonangga kelib boshimni quysam,
Anal-haq dep devorlarga bosh ursam,
Yuz bor o'lib yuz bor yana tirilsam,
Alif desam noming tilga keladi,
Kuzim ochsam yana seni ko'radi.

Otashlarda qovurdiku ishq meni,
Bardoshlarim sovurdiku ishq meni,
Ko'z yoshlarim sel qildiku ishq meni,
Majnun kursa menga havas qiladi,
Vomiq menla birga nafas oladi.

Sokin ummon kurmagandir bu dunyo,
Ishq ahliga to'ymagandir bu dunyo,
Ters ahdidan qaytmagaydir bu dunyo,
Oshiq ahli asli shunday bo'ladi,
Jon berarda yor vasli dep o'ladi.

Edebiýat, Нежная леди tarapyndan 3 years ago
Teswir ýazmak üçin Içeri gir